Fakultet tarixi

Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti tarixi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 maydagi 228- sonli buyrug‘i asosida  Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti Rektorining 1998 yil 30 – avgust 140 – sonli buyrug‘i bilan davolash fakulteti qoshida “kasbiy ta’lim yo‘nalishi” bo‘yicha tibbiy pedagogika bo‘limi tashkil etildi. Keyinchalik bu bo‘lim mustaqil fakultet bo‘lib ajralib chiqdi.

Hozirgi kunda fakultetda tibbiyot kollejlari  va tibbiyot institutlari uchun yuqori saviyali pedagoglar xamda umumiy amaliyot shifokori tayyorlanmoqda.

Fakultetda o‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan 2002 yil 28 fevraldagi  VM-343-14-7201-02 sonli  buyrug‘i bilan tasdiklangan Davlat ta’lim standartlari va shunga asosan tuzilgan Na‘munaviy o‘quv dasturi va shunga muvofiq  tayyorlangan Ishchi o‘quv reja asosida olib borilmoqda.

Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 10 iyuldagi 28-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Tibbiy pedagogika fakulteti 1998 – yilda tashkil etilgan. Fаkultеtgа аsоs sоlingаn vаqtidаn bоshlаb fаkultеt dеkаni bo’lib quyidаgi hоdimlаr fаоliyat оlib bоrishgаn:

A.Jo‘rayev (1998-2005 – yillar)

A.Bobomuratov (2004-2010 – yillar)

S. Zufarov (2010-2014 – yillar)

A. Xamrayev (2014-yildan hozirgi kungacha)

2020-2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy pedagogika fakulteti takibiga yangi ‘‘xalq tabobati’’ yo‘nalishi biriktirildi,  2022-2023-o‘quv yilidan  ‘‘pediatriya ishi’’ ‘‘stomatologiya’’ yo‘nalishlari biriktirildi va  fakultet  ‘‘Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika’’ deb nomlandi. Hozirgi kunga kelib fakultetda 700 dan ziyod talaba   ‘‘professional ta’lim’’, ‘‘xalq tabobati’’, ‘‘pediatriya ishi’’ va ‘‘stomatologiya’’ yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishadi.

Fаkultеt tаrkibigа quyidаgi kаfеdrаlаr kirаdi:

  1. Pedagogika, psixologiya va tillar
  2. 2-son ichki kasalliklar propedevtikasi
  3. 2-son fakultet va gospital terapiya, nefrologiya, gemodializ
  4. Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari
  5. 2-son fakultet va gospital jarrohlik
  6. Oilaviy shifokorlikda bolalar kasalliklari
  7. 3-son oilaviy shifokorlikda ichki kasalliklar
  8. Otorinolaringologiya va stomatologiya
  9. Xalq tibbiyoti, reablitologiya va jismoniy tarbiya
  10. Ftiziatriya va pulmanologiya
  11. Bolalar kasalliklari propedevtikasi

Kаsаlliklаrni to’g’ri tаshxis qilish, zаmоnаviy tаlаblаrgа binоаn dаvоlаsh, turli kаsаlliklаrni оldini оlish, rеаbilitаtsiya chоrаlаrini ishlаb chiqish uchun yetuk mutaxassis tayyorlash Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fаkultеti kаfеdrаlаridа оlib bоrilаyotgаn ilmiy tаdqiqоt ishlаrining аsоsiy yo‘nаlishi hisоblаnаdi.

Hozirda fakultet dekanatida faoliyat olib borayotgan hodimlar:

Fakultet dekani t.f.d. professor Xamrayev Abror Asrorovich

O’quv ishlari bo’yicha dekan muovinlari:

 

Musayev Hamid Alimardonovich

 

 Qosimov Eldor Rixsillayevich

Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy ishlar bo’yicha dekan muovini

Rustamova Surayyo Shaxobovna

Uslubchi: Kaxxorova Muhabbat

Tyutorlar: Abdiyev Rustam, Akbarova Nafisa

Ish yurutuvchi: Mirsaidovova Zahro

Dispetcherlar: O’ktamova Dinora, Kurbonaliyev Xushyor