Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi – iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish va olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tashkiliy markazdir. Bo‘lim kafedralar va dekanatlar yordamida iqtidorli talabalarni aniqlaydi va tanlaydi, ularni o‘zlari qiziqqan fan sohalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltiradi va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda faol ishtirok etadi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining vazifalari quyidagilar:
– Iqtidorli talabalarni ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e’tiborga olgan holda aniqlash, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
– Iqtidorli talabalarning faoliyatini talabalar ilmiy jamiyati faoliyati bilan hamkorlikda olib borishni tashkil etish;
– Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar, fan olimpidalari, intelektual olimpiadalar, seminarlar, tanlovlarda iqtidorli talabalarning ishtirokini ta’minlash;
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari, “Yoshlar Ittifoqi” jamg‘armasi, xorijiy fondlar grantlariga, nomdor stipendiyalarga tavsiya qilish;
– Iqtidorli talabalarning ilmiy ishlari va ishlanmalarini chop etishda hamda amaliyotga joriy etishga yaqindan yordam ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda fakultet talabalari orasida ko’plab iqtidorli talabalar bor, ulardan bir nechtasi quyidagilardir:
- Ergasheva Gulsanam G‘ulomjon qizi Pediatriya ishi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, «Zulfiya» nomidagi maxsus ko‘krak nishoni sohibasi, «Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi faxrli 1-o‘rin sohibasi. «»Navoiyshunos bilimdon» ko‘rik-tanlovi videorolik yo‘nalishi 1-o‘rin. «Jaholatga qarshi ma’rifat» insholar tanlovi (2020, 2022, 2023 o‘quv yillari) — 1-o‘rin. «Jadidchilik – milliy o‘zlikni anglash» mavzusidagi insholar tanlovida faxrli 1-o‘rin. «Doctor reportyor» va «Mushora» klubi a’zosi. «Mushoira» tanlovi universitet g’olibasi. «Darmon» teatr jamoasi a’zosi.
- Erkinova Mushtariybonu Hamidulla qizi Stomatologiya yoʻnalishi 2-bosqich talabasi, «Zulfiya» nomidagi maxsus stipendiya sohibasi. 2025-2026 «Zulfiyaxonim:o’zbek qizlarining yuksak fazilatlaridagi timsol» kitobi muallifi. (2025) Zulfiya hayoti va ijodiga doir 10 dan ortiq maqolalar muallifi. Talabalar ilmiy jamiyati olimpiadasi «Stomatologiya» 2-o’rin, «Lotin tili va tibbiy terminologiya» «Eng yaxshi notiq» nominatsiyasi g’olibi. 2025 «ONLY ENGLISH: ADVANCES IN MEDICAL RESEARCH AND PRACTICE CONFERENCE» Stomatologiya yoʻnalishi bo‘yicha ilmiy izlanuvchisi. 2025 «Jadidchilik-milliy o’zlikni anglash» nomidagi ijodiy tanlovda insho yo’nalishi faxrli 1-o’rin sohibasi 2024 Samarqand-2020 olimpiadasi V-mavsum qatnashchisi.»Rhetoric» nominatsiyasi sohibasi. (2024) «Doctor reportyor» va «Mushoira» klubi a’zosi
