
Joriy yilning 16-mart kuni Toshkent shahar Yoshlar markazida ham ayni paytda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalarining “Talabalik bahori – 2023” festivali bo’lib o’tdi.
Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari, badiiy kompozitsiyalar namoyish qilinmoqda, kuy-qoʻshiqlar ijro etilmoqda.
Koʻtarinki ruhda oʻtayotgan bayram tadbiri talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli xamda koʻngilli oʻtkazish, ularning maʼnaviy va madaniy saviyasini oshirish, sanʼatga boʻlgan ishtiyok va qiziqishlarini yuksaltirish, shuningdek milliy qadriyatlarimizni oʻrganishga xizmat qiladi.
Tadbirda fakeltet talabalari faxrli 2-o’rinni egallagan holda fakultet nomini munosib himoya qilishdi.
#bahor #talaba #talabalik_bahori