Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti dеkаni A.A.Xamrayev vа dеkаn muоvinlаri Nevrologiya kаfеdrаsigа tаshrif buyurishdi.

2023-yil 10-aprel kuni Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti dеkаni A.A.Xamrayev vа dеkаn muоvinlаri Nevrologiya kаfеdrаsigа tаshrif buyurishdi. Tаshrifda fakultet dekani kаfеdrаning o‘quv jаrаyonini yanаdа yaхshilаsh bo‘yichа tаvsiyalаr bеrdi.
Yil davomida amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalar haqida har bir professor o’qituvchi bilan suhbat o’tkazildi.
TTA da ilmiy grant loyihalari, patentlarni rasmiylashtirish bo’yicha yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Professor-o’qituvchilarning Akademiya reytingini yuksaltirish uchun bajarishlari lozim bo’lgan vazifalari shaxsiy ish rejalari asosida eslatib o’tildi.

💫Talabalarga Akademiya kutubxonasida mavjud bo’lgan o’quv adabiyotlarining resurslari va elektron platformalar haqida ma’lumot berildi.
Tashrif yakunida Mamlakatning yangi Konstitutsiya loyihasi va o’tkaziladigan referendum haqida ma’lumot berib o’tildi.

 

 

 

 

 

 

 

#tashrif #kafedra #dekan

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan