Fakultet kengashi

2025-yil 25-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti Kengash yigʻilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. Fakultet o’quv ishlar bo’yicha dekan muovini E.R. Kasimov  2024-2025 o‘quv yili bahorgi semestr natijalari bo‘yicha hisobot o’qib eshittirdi.

2. Fakultet ofis registrator menejeri E.I. Nasrullayev kafedralaridagi raqamlashtirish tizimi (HEMIS, o‘quv elektron jurnal.) holati yuzasidan yangiliklar va qilinishi kerak bo’lgan ishlar to’g’risida ma’lumotlar berdi.

3. Ta’lim sifati nazorat qilish bo‘limining bosh mutaxassisi, dotsent N.A.Axmedova fakultet kafedralarining reyting ko‘rsatkichlari monitoringi bilan tanishtirib o’tdi va kelasi yil uchun rejalarni aytib o’tdi.

4. Fakultet professor-o‘qituvchilarini tanlov asosida lavozimga va ilmiy unvonga saylash jarayonlari bo’lib o’tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan