Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkillashtirish va o’tkazish bo’yicha bitiruvchilar talabalar bilan uchrashuv

Fakultet dekani va «Yakuniy davlat attestatsiyasi» raisi va a’zolari ishtirokida 92 nafar professional ta’lim, 12 nafar xalq tabobati va 5 nafar maxsus pedagogika: surdotarjimonlik yo’nalishlari bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha NIZOM» bilan tanishtirib o’tildi, yakuniy davlat attestatsiyasi o’tkazish bosqichlari, tartibi va umumiy jarayon haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan