Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 maydagi 228- sonli buyrug‘i asosida Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti Rektorining 1998 yil 30 – avgust 140 – sonli buyrug‘i bilan davolash fakulteti qoshida “kasbiy ta’lim yo‘nalishi” bo‘yicha tibbiy pedagogika bo‘limi tashkil etildi. Keyinchalik bu bo‘lim mustaqil fakultet bo‘lib ajralib chiqdi.
Hozirgi kunda fakultetda tibbiyot kollejlari va tibbiyot institutlari uchun yuqori saviyali pedagoglar xamda umumiy amaliyot shifokori tayyorlanmoqda.
Fakultetda o‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan 2002 yil 28 fevraldagi VM-343-14-7201-02 sonli buyrug‘i bilan tasdiklangan Davlat ta’lim standartlari va shunga asosan tuzilgan Na‘munaviy o‘quv dasturi va shunga muvofiq tayyorlangan Ishchi o‘quv reja asosida olib borilmoqda.
Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 10 iyuldagi 28-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Tibbiy pedagogika fakulteti 1998 – yilda tashkil etilgan. Fаkultеtgа аsоs sоlingаn vаqtidаn bоshlаb fаkultеt dеkаni bo’lib quyidаgi hоdimlаr fаоliyat оlib bоrishgаn:

A.Jo‘rayev (1998-2005 – yillar)

A.Bobomuratov (2004-2010 – yillar)

S. Zufarov (2010-2014 – yillar)

A. Xamrayev (2014-yildan hozirgi kungacha)
2020-2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy pedagogika fakulteti takibiga yangi ‘‘xalq tabobati’’ yo‘nalishi biriktirildi, 2022-2023-o‘quv yilidan ‘‘pediatriya ishi’’ ‘‘stomatologiya’’ yo‘nalishlari biriktirildi va fakultet ‘‘Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika’’ deb nomlandi. Hozirgi kunga kelib fakultetda 700 dan ziyod talaba ‘‘professional ta’lim’’, ‘‘xalq tabobati’’, ‘‘pediatriya ishi’’ va ‘‘stomatologiya’’ yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishadi.
Fаkultеt tаrkibigа quyidаgi kаfеdrаlаr kirаdi:
- 2-son ichki kasalliklar propedevtikasi
- 2-son fakultet va gospital terapiya, nefrologiya, gemodializ
- 2-son fakultet va gospital jarrohlik, transplontologiya.
- 2-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar
- Otorinolaringologiya
- Reabilitologiya, xalq tabobati va jismoniy tarbiya
- 1-son bolalar kasalliklari propedevtikasi
- Bolalar kasalliklari
- Oilaviy tibbiyotda bolalar kasalliklari
- Yuz jag’ jarrohligi va stomatologiya
- Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari
Kаsаlliklаrni to’g’ri tаshxis qilish, zаmоnаviy tаlаblаrgа binоаn dаvоlаsh, turli kаsаlliklаrni оldini оlish, rеаbilitаtsiya chоrаlаrini ishlаb chiqish uchun yetuk mutaxassis tayyorlash Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fаkultеti kаfеdrаlаridа оlib bоrilаyotgаn ilmiy tаdqiqоt ishlаrining аsоsiy yo‘nаlishi hisоblаnаdi.
Hozirda fakultet dekanatida faoliyat olib borayotgan hodimlar:

Fakultet dekani t.f.d. professor Xamrayev Abror Asrorovich
O’quv ishlari bo’yicha dekan muovinlari:
Musayev Hamid Alimardonovich
Qosimov Eldor Rixsillayevich
Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy ishlar bo’yicha dekan muovini
Registrator ofis menejeri
Nasrullayev Elyor Ixtiyor o’g’li
Bosh tyutor: Abdiyev Rustam Oltiboyevich
Ish yurutuvchilar: Mirsaidovova Zahro, Kurbonaliyev Xushyor





