Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi – iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish va olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tashkiliy markazdir. Bo‘lim kafedralar va dekanatlar yordamida iqtidorli talabalarni aniqlaydi va tanlaydi, ularni o‘zlari qiziqqan fan sohalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltiradi va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda faol ishtirok etadi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining vazifalari quyidagilar:
– Iqtidorli talabalarni ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e’tiborga olgan holda aniqlash, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
– Iqtidorli talabalarning faoliyatini talabalar ilmiy jamiyati faoliyati bilan hamkorlikda olib borishni tashkil etish;
– Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar, fan olimpidalari, intelektual olimpiadalar, seminarlar, tanlovlarda iqtidorli talabalarning ishtirokini ta’minlash;
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari, “Yoshlar Ittifoqi” jamg‘armasi, xorijiy fondlar grantlariga, nomdor stipendiyalarga tavsiya qilish;
– Iqtidorli talabalarning ilmiy ishlari va ishlanmalarini chop etishda hamda amaliyotga joriy etishga yaqindan yordam ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda fakultet talabalari orasida ko’plab iqtidorli talabalar bor, ulardan bir nechtasi quyidagilardir:
- O’ktamova Dinara 5-bosqich talabasi, Islom Karimov nomidagi nomdor stipendiya sohibasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan ta’sis etilgan «Zulfiya» stipendiyasi g’olibi. «Ulug’bek vorislari» loyihasi Respublika bosqichi g’olibi, ko’plab Respublika va xalqaro olimpiada faol ishtirok etib sovrinli o’rinlarga erishgan va boshqa turli xil forum va TIJ larda faol ishtirok etib fakultet sha’nini munosib himoya qiladi.
- Kurbonaliyev Xushyor 4-bosqich talabasi, Zakovat intelektual klubi NNT tomonidan o’tkazilgan Intelektual olimpiadaning Zakovat yo’nalishi g’olibi, intelektual olimpiada umumjamoa hisobida Toshkent tibbiyot akademiya 2-o’rinni egallab Prezident sovg’asiga ega bo’lishiga o’z hissasini qo’shgan. Zakovat bo’yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi rektor kubogida faxrli 1-o’rinni egallagan. Shaxmat bo’yicha rektor kubogi hamda Talabalar kengashi tashkillashtirgan stol tennisi turnirladi ham faol ishtiroki bilan yodda qolgan.
- Eshnazarov Madaminxo’ja 4-bosqich talabasi, Zakovat bo’yicha rektor kubogi g’olibi, shaxmat, stol tennis turnirlarida faol ishtirok etgan, «Ibn Sino izdoshlari 2023» olimpiadasi Psixologiya yo’nalishi 2-o’rin sohibi.U Ulug’bek izdoshlari Uchtepa tumani bosqich g’olibi. Ushbu talabalar fakultetdagi ko’plab iqtidorli talabalar ichidan atigi bir nechasi misol tariqasida keltirildi.