Xushxabar!!! Fakultetimiz talabasi «Yil talabasi-2022» Respublika ko’rik tanlovin g’olibi deb topildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba yoshlarni iqtidorlarini namoyish qilish, ular orasidan eng saralarini tanlab olish maqsadida “Yil talabasi-2022” ko’rik tanlovi tashkil etilgan edi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy pedagogika fakultetining 6-kurs talabasi G’ulomova Shahloxon “Yil talabasi-2022” Respublika ko’rik tanlovida «BioPropolis» loyihasi bilan ishtirok etib, “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” yo’nalishi bo’yicha faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

Bundan oldin shu loyiha bilan G’ulomova Shahloxon 60 million so’mlik grandni qo’lga kiritgan edi.

Yosh iqtidorli talabamizning bundan keyingi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!


#tabrik # yil talabasi-2022

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan