Toshkent davlat tibbiyot universitetida “1-kurs maktabi” davom etmoqda

Toshkent davlat tibbiyot universitetining Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetiga yangi o‘quv yilidan 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan “1-kurs maktabi” dasturi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida birinchi bosqich talabalari universitet rahbariyati, undagi ichki tartib va odob-axloq qoidalari, kredit-modul tizimi, stipendiya tayinlash tartibi, Prezident va nomli davlat stipendiyalari hamda universitetdagi mavjud stipendiya va tanlovlar, darsdan tashqari bo‘sh vaqtda axborot resurs markazida o‘quv va badiiy adabiyotlardan foydalanish, turli yo‘nalishlardagi to‘garaklarda ishtirok etish, sport majmuasida o‘zlari qiziqqan sport turi bilan shug‘ullanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarorining asosiy mazmuni talabalarga yetkazildi.

Shuningdek, tadbirda universitet vakillari va talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning savollariga javob berdilar.

 

 

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan