Bizning talaba Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri stipendianti boʻldi!!!

2022-2023 o’quv yili uchun «O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri stipendiyasi» nomzodlari tasdiqlandi. Respublika miqyosidagi 12 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalari orasidan tanlab olingan 11 g’oliblardan biri fakultetimiz talabasi ekanligi quvonarli holat.

Asrorxo’jayeva Irodaxon Rustamxo’ja qizini ushbu zafarlari bilan muborakbod etgan holda yutuqlari bardavom bo’lishini tilab qolamiz. Ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz-murabbiylari va komil inson sifatida kamolga yetkazayotgan ota-onalariga o’z tashakkurimizni bildiramiz!

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan