Referendumga bag’ishlangan zakovat intelektual o’yinlari.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasida 3-aprel kuni Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda referendum o‘tkazilishi munosabati bilan fakultetlararo Zakovat turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda, Pediatriya stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti, tibbiy profilaktika va 2-sonli davolash fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Turnirda, yangi tahrirdagi konstitutsiya bo‘yicha ham savollar berildi. Bundan ko’zlangan maqsad talabalar o’rtasida yangilanayotgan konstitutsiyaning eng asosiy yangiliklari, oliy ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasiga oid qonun loyihalari bilan yaqindan tanishtirish.

           Zakovat intelektual o‘yini natijalariga ko‘ra Tibbiy profilaktika fakulteti jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Go‘lib bo‘lgan jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

#referendum #zakovat #befarqemasmiz #konstitutsiya

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan