Toshkent davlat tibbiyot universiteti. Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti tyutorlari, universitet profilaktika inspektori va psixologlar jamoasi bilan birgalikda Toshkent shahar Olmazor tumani “Jiydali” MFYga tashrif buyurildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining qabul qilinishi, bu –nafaqat mahallalar, balki oliy ta’lim muassasalari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektorda respublikamizdagi OTMlari va mahallalar o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Mazkur qarorni ijrosini taminlash maqsadida mahalla yettiligi bilan navbatdagi hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda yangi oʻquv yili dasturi boʻyicha qilinishi kerak boʻlgan ishlar rejasi koʻrip chiqildi.


