Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Besh tashabbus olimpiyadasi” start oldi!

💫 Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol toptirish maqsadida sport musobaqalari boshlandi.

💫 Bellashuvlar yengil atletika, tennis, futbol, voleybol va stritbol yo‘nalishlarida yuqori shijoat va jonkuyarlik bilan o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun qat’iyat, jamoaviy birdamlik va irodani namoyon etdi.

💫 Fakultet dekani Hamrayev Abror Asrorovich ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilab, sport insonda intizom, sabr-toqat va g‘oliblik ruhini shakllantiradi, deya ta’kidladi.

💫 Shuningdek, fakultetning iqtidorli talabalari ijro etgan ashula va raqslar musobaqaga yanada bayramona ruh bag‘ishlab, qatnashchilar va tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

💫 Sport va ijod uyg‘unlashgan ushbu tadbir yoshlar qalbida “Sog‘lom tengdosh – sog‘lom kelajak” shiorini yanada mustahkamlab, ularni yangi yutuqlarga ilhomlantirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan